Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qatl etilgan an-Nimrning akasi eronliklarning Saudiya Arabistoni elchixonasiga qilgan hujumini qoraladi
Saudiya Arabistonida qatl etilgan shialar xatibi Nimr an-Nimrning akasi Muhammad an-Nimr Eronda Saudiya Arabistoni elchixonasiga uyushtirilgan hujumni qoralab chiqdi.
"Biz shayx an-Nimrning o‘limidan qayg‘uga tushib, o‘z hamdardliklarini bildirganlarning barchasiga rahmat aytamiz. Lekin, Erondagi elchixonaga uyushtirilgan hujumni qoralaymiz", deb yozadi u o‘z oilasi nomidan.
Ma'lum qilinishicha, Muhammad an-Nimr 3 yanvar kuni Saudiya Arabistoni qirolligi hukumatiga ochiq xat yozgan va marhum shayxning jasadini oilasiga qaytarishni so‘ragan.
"Al-Avami qishlog‘idagi (Ash-Sharqiya viloyatidagi Al-Katif tumanida) an-Nimrning oilasi Saudiya Arabistoni hukumatidan shayx Nimr Bakir an-Nimrning tanasini qaytarishni iltimos qiladi. Bizning irodamizga qarshi ravishda noma'lum qabristonga dafn qilingan tanani o‘z qishlog‘imizga olib kelmoqchimiz va o‘z qadriyatlarimiz bo‘yicha qayta dafn qilmoqchimiz. Bu bizning daxlsiz huquqimizdir", deyilgan maktubda.
Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.
3 yanvar kuni Tehrondagi Saudiya Arabistoni elchixonasi qarshisida hamda Eron shimoli-sharqidagi Mashhad shahrida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi.
Shundan so‘ng Eron va Saudiya Arabistoni mamlakatlari o‘rtasidagi munosabat sovuqlashdi.
Saudiya Arabistoni TIV rahbari Eron bilan diplomatik aloqalar buzilganini ma'lum qildi
Bahrayn eronlik diplomatlarga o‘z hududini tark etish uchun 48 soat muhlat berdi
Sudan Ar-Riyodga Eron elchisini mamlakatdan chiqarib yuborishi haqida xabar berdi
BAA Erondagi elchisini chaqirib oladi