Jahon | 18:41 / 04.01.2016
7810
2 daqiqa o‘qiladi

Qirg‘izistonda qirg‘iz milliy taomini nojoiz narsaga o‘xshatgan britaniyalik himoya ostiga olindi

Qirg‘izistonda militsiya xodimlari o‘zining Facebook`dagi sahifasida qirg‘iz milliy taomini otning jinsiy a'zosiga o‘xshatgan Britaniya fuqarosi Maykl Makfitni himoya ostiga oldi. Bu haqda 4 yanvar kuni K-News Issiq Ko‘l viloyati IIB ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.

Militsiya OAVning Makfitni Avstraliya fuqarosi ekani to‘g‘risidagi xabarini inkor etdi. Qayd etilishicha, Bishkek aeroportida ushlangan britaniyalik hozircha qamoqqa olinmagan. “U Qorako‘l (Issiq Ko‘l viloyati ma'muriy markazi)dagi mehmonxonada yashamoqda va Qumtor ishchilari uning so‘zlaridan noroziligi sababli himoya ostiga olingan”, - dedi IIBdagilar.

Militsiya ma'lumotiga ko‘ra, Makfit bilan bog‘liq hodisa yuzasidan materiallar to‘plangan, biroq unga nisbatan ish qo‘zg‘atilmagan. Boshqarma xodimlari so‘zlariga ko‘ra, hujjatlar nazoratchi organga taqdim etilgan. “Agarda yig‘ilgan materiallar bo‘yicha prokuratura millatlararo adovatni qo‘zg‘atish mumkinligi aniqlansa, ish milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasiga taqdim etiladi”, - deya qayd etdi boshqarmadagilar.