Jamiyat | 09:05 / 04.01.2016
3544
1 daqiqa o‘qiladi

Saudiya Arabistoni o‘z diplomatlarini Erondan evakuatsiya qilmoqda

Saudiya Arabistoni Erondan o‘z diplomatlarini evakuatsiya qilmoqda. Bunga mamlakatdaularga hujum uyushtirilishi sabab bo‘lgan. Bu haqda «Al-Arabiya» telekanali xabar bermoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, hozirda diplomatlar Dubayga yo‘l olgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 50 nafar xodim evakuatsiya qilingan.

Avvalroq Saudiya Arabistoni TIV rahbari Odil al Jubayr Eron bilan diplomatik aloqalar uzilishi haqida aytib o‘tgan edi.