Jahon | 23:15 / 04.01.2016
5084
1 daqiqa o‘qiladi

Tehronda an-Nimrning qatliga qarshi navbatdagi namoyishlar bo‘lib o‘tdi

Tehronning markaziya maydonida Saudiya Arabistoniga qarshi norozilik namoyishlari davom ettirildi. Bu haqda Fars axborot agentligi xabar tarqatgan.

Xabar qilinishicha, navbatdagi namoyish ishtirokchilari haqoratomuz shiorlar, Saudiya Arabistonidagi saudlar sulolasini ag‘darishga bo‘lgan chaqiriqlar bilan chiqishgan.

Eslatib o‘tamiz, 2 yanvar kuni Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 47 kishi, shu jumladan, taniqli shia targ‘ibotchisi Nimr an-Nimrning qatl etilganini e'lon qildi.

Shu kuni Tehrondagi ommaviy tartibsizliklar natijasida Saudiya Arabistoni elchixonasi vayron qilindi.

3 yanvar, yakshanba kuni Saudiya Arabistoni Eron bilan diplomatik aloqalarni uzganligini bildirdi.