Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tojikiston va Saudiya Arabistoni terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishni rejalashtirmoqda
Tojikiston va Saudiya Arabistoni xavfsizlik, jumladan, terrorizmga qarshi birgalikda kurash olib borish sohasida hamkorlik qilishga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda dushanba, 4 yanvar kuni Tojikiston prezidenti matbuot xizmati Emolali Rahmon hamda Saudiya Arabistoni qiroli Salmon bin Abdul Aziz Al Saud o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar yakuniga ko‘ra xabar qildi.
Ayni paytda Tojikiston yetakchisi Ar-Riyodda uch kunlik rasmiy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Emomali Rahmon so‘zlariga ko‘ra, Tojikiston Saudiya Arabistonini arab dunyosi va O‘rta Sharqdagi muhim sherigi deb hisoblab, doimiy ravishda ushbu mamlakat bilan ko‘p tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga harakat qiladi.
Uning ta'kidlashicha, ikki mamlakatning xalqaro siyosatdagi pozitsiyasi bir-biriga yaqin bo‘lib, yetakchi global va mintaqaviy masalalar bo‘yicha o‘zaro mos tushadi.
“Tojikiston va Saudiya Arabistoni har ikki mamlakat xavfsizlik, jumladan, uyushgan transmilliy jinoyatchilik, terrorizm, ekstremizm va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash sohasida samarali hamkorlik shaklini amaliyotga tatbiq etish imkoniyatiga ega”, - dedi Tojikiston yetakchisi.
Tomonlar ikki mamlakat o‘rtasidagi iqtisod, ta'lim, madaniyat va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalarini ham muhokama qilishdi.