Jahon | 11:28 / 04.01.2016
5696
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Klinton xonimni o‘z tan soqchilarini qurolsizlantirishga chaqirdi

AQSh prezidentligiga respublikachilardan nomzod bo‘lmish milliarder Donald Tramp demokrat raqibasi Hillari Klintonni o‘zini himoya qilish uchun qurol kerak emasligini isbotlash uchun avvalo tan soqchilarini qurolsiz qoldirishga chaqirdi. Bu haqda u Twitter’dagi mikroblogi orqali bayonot tarqatdi.

“Hillarining aytishicha, qurol sizni himoya qilmaydi. Agar u bunga ishonsa, tan soqchilarini tezda qurolsizlantirish haqida buyruq chiqarsin”, - deyiladi xabarnomada.
Ilgariroq Klinton xonim qurol-yarog‘ sotilishini jiddiy tarzda cheklashga chaqirgan edi.