Jahon | 15:09 / 04.01.2016
3277
2 daqiqa o‘qiladi

Uelsda mashinistlar ish tashlashi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 4 yanvar kuni Uelsning barcha hududida Arriva Trains Wales mashinistlarining ish tashlashlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda RIA “Novosti” temir yo‘l kompaniyaning rasmiy saytiga asoslanib xabar bermoqda.

"Arriva Trains Wales mashinistlar kasaba uyushmasi (ASLEF va RMT)ning 24 soatlik ish tashlashi kutilayotganini tasdiqlashi mumkin”, - deya xabar berdi kompaniya. Murojaatda dushanba kuni kompaniyaning barcha xizmatlari bekor qilinishi ham qayd etilgan. Shuningdek, ish tashlashlar seshanba kuni ham poyezdlar ishiga ta'sir ko‘rsatishi mumkinligi aytib o‘tilgan.

“Biz (ishdagi) uzilishlardan chuqur afsusdamiz va ish tashlashni bekor qilish uchun barcha imkoniyatlarni safarbar etamiz”, - deyiladi bayonotda. Kompaniya, shuningdek, o‘z mijozlariga muqobil yo‘nalishlar to‘g‘risida o‘ylab ko‘rishni tavsiya qildi.

Arriva Trains vakili Garet Tomasning VVS teleradiokorporatsiyasi keltirib o‘tgan so‘zlariga ko‘ra, mehnat sharoitlarini yaxshilash va to‘lovlar bo‘yicha so‘nggi taklifdan kompaniya favqulodda hayratga tushgan.