Jahon | 08:31 / 04.01.2016
3970
1 daqiqa o‘qiladi

Ukraina o‘z hududiga AQSh harbiy bazasini joylashtirishni rejalashtirmayapti

Ukraina Mudofaa vaziri Stepan Poltorak mamlakat hududiga AQSh harbiy bazasini joylashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqilmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda «Ukrainskiye novosti» xabar bermoqda.

«Bunday savol o‘rinsiz. Ukraina qonunchiligi bunday imkoniyatni ko‘rib chiqmaydi. Ammo bir-birimizga o‘rgatish va tajriba almashishga imkon tug‘diradigan yaqin hamkorligimiz bor”, - dedi Mudofaa vaziri.

Uning oydinlik kiritishicha, mamlakatda ukrain-polyak-litva brigadalarini tashkil etishga katta umid bildirilmoqda. Bunday brigadalar tarkibida hamkorlikdagi mashg‘ulotlarning o‘tkazilishi Ukrainaga NATO standartlariga tezroq o‘tishga yordam beradi.