Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda 20 ming amaldor Davlat xizmatchilari kodeksini buzgani uchun jazolandi
Xitoyda 2013 yilning boshidan buyon 20 ming nafarga yaqin amaldor 2012 yil oxirida joriy etilgan davlat xizmatchilari xulq-atvori to‘g‘risidagi qoidalarni buzgani uchun jazoga tortildi. Bu haqda Sinxua agentligi Kommunistik partiyaning intizomni tekshirish bo‘yicha markaziy qo‘mitasi ma'lumotiga asoslanib xabar berdi.
Yangi qoidalarni buzgan aksariyat amaldorlar ma'muriy yoki intizomiy jazoga tortilgan.
Reuters agentligi xabariga ko‘ra, 5 ming nafardan ziyod amaldor xizmat avtomobillaridan foydalanish tartiblarini buzgan. Yana 900 nafari esa dabdabali bayram tadbirlari uchun ortiqcha mablag‘larni sarflab yuborgani uchun jazolangan.