Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonning Jalolobod shahridagi xorijiy konsulxonalari yaqinida portlash yuz berdi
Afg‘oniston sharqidagi Jalolobod shahrida xorijiy davlatlar konsulxonalari yaqinida portlash sodir bo‘ldi.
Bu haqda yozgan Reyter agentligi ma'lumotida qurbonlar va yaralanganlar haqida aniq aytilmagan.
Mahalliy hukumat rasmiy vakili Ataulla Hugyaniyning ta'kidlashicha, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, portlash Hindiston, Pokiston va Eron konsulxonalari joylashgan tumanda yuz bergan.
Eslatib o‘tamiz, 3 yanvar kuni jangarilar Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi Hindiston konsulxonasiga hujum qilgan, 4 yanvar kuni afg‘on harbiylari hujumda qatnashgan barcha terrorchilarni yo‘q qilgan edi. To‘qnashuvlar chog‘ida bir harbiy halok bo‘lgan va 6 nafari jarohat olgan. Jarohatlanganlarning 3 nafari tinch aholi vakillari bo‘lishgan.