Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ar-Riyodni shialar xatibining qatli oqibatlaridan ogohlantirdi
AQSh Saudiya Arabistonini mamlakatda shialar xatibi Nimr an-Nimrning qatl etilishi yomon oqibatlarga olib kelishi to‘g‘risida ogohlantirdi. Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Josh Ernestga asoslangan holda Reyter agentligi xabar tarqatgan.
Uning qayd etishicha, Amerika qirollikdagi inson huquqlariga amal qilinishi masalasini yana bir bor ko‘taradi.
Bundan oldinroq, AQSh Saudiya Arabistonining Eron bilan munosabatlarini uzishini tanqid qilib chiqqan va mintaqa mamlakatlarini bu ziddiyatni "olovlantirmaslik hamda to‘g‘ri qadam tashlash"ga chaqirgandi.
Saudiya Arabistoni AQShning noroziliklari o‘zini xavotirlantirmasligini bildirgandi.