Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Klinton rafiqasining saylovoldi kampaniyasini qo‘llab-quvvatlab chiqdi
AQShning sobiq prezidenti ilk bor o‘zi mustaqil ravishda rafiqasi Hillari Klintonning saylovoldi kampaniyasini qo‘llabzquvvatlab chiqdi. Ayni damda Klinton xonim AQSh prezidentligiga nomzodi qo‘yilgan Demokratlar orasida yetakchilik qilmoqda.
"Shu paytgacha bu postga uningchalik mos keladigan aqlli va tajribali biror-bir shaxsni uchratmaganman”, - dedi eks-prezident Nyu-Gempshir shtatidagi chiqishida rafiqasi haqida gapirar ekan. Bill ungacha Hillarining saylovoldi kampaniyasi doirasidagi chiqishlarda rafiqasi bilan ishtirok etib kelgan.
Eslatib o‘tamiz, Bill Klinton 1993 yildan 2001 yilgacha AQSh prezidenti bo‘lgan.