Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil matbuoti: Saudiya o‘z taqdiridan xavotirda
Saudiya Arabistonining Eron bilan ixtilofi isroillik jurnalistlarda jiddiy qiziqish uyg‘otdi. Jumladan, Israel Hayom gazetasi muxbiri Boaz Bismutning so‘zlariga qaraganda, Saudiya ayni paytda o‘z “hayot”ini saqlab qolish bilan ovora.
“2011 va 2012 yilga voqealarni eslash kifoya. 2015 yilda esa Saudiya Arabistonida rekord darajadagi byudjyet kamomadi qayd qilindi. Bularni eslaganda, qirollik nega sarosimaga tushayotgani anglashiladi, - deb yozadi u. – Bugun Fors ko‘rfazi nafaqat neft bochkasi, bu yana portlashi mumkin bo‘lgan porox bochkasi hamdir”.
Bismut qatl qilingan shia ilohiyotchisi Nimr an-Nimrning nufuzi yuqori bo‘lganini, u qirollik hududida shialarning kamsitilishiga qarshi kurashib kelganligini ta'kidlab o‘tdi.
“Mamlakatning sharqida, neftga boy Katif tumanida yashovchi shialar kamsitilishga qarshi norozilik bildirmoqda, bu norozilikka asos ham bor. Ularga masjidlar qurishga va jamoat sektorida, masalan, ma'rifat sohasida mansabdor bo‘lishga ruxsat etilmaydi”, - qo‘shimcha qildi muallif.