O‘zbekiston | 11:53 / 05.01.2016
3887
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston va Kuvayt o‘zaro savdo-iqtisodiy aloqalarni muhokama qildi

Kuvayt Davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ahmad Xolid Abdulla al-Jiyron O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari hamda Moliya vaziri Rustam Azimov bilan uchrashdi.

KUNA axborot agentligi xabariga ko‘ra, tomonlar ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash va rivojlantirish masalalarini muhokama qilishgan.

Rustam Azimov O‘zbekiston Kuvayt bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etib o‘tgan.

Vazirning ta'kidlashicha, O‘zbekiston KFAED jamg‘armasidan 125 mln dollar miqdorida kredit mablag‘i olgan. Uchrashuv chog‘ida Azimov kuvaytlik tadbirkorlarni O‘zbekiston iqtisodining turli sohalarida o‘sishni ta'minlovchi loyihalarda ishtirok etishga chaqirgan.