Jahon | 16:45 / 05.01.2016
7003
2 daqiqa o‘qiladi

Politiso: turklar va kurdlar qarama-qarshiligi haqiqiy urushdir

Turklar va kurdlar o‘rtasidagi qarama-qarshilik shunchaki mayda nizo bo‘lmasa, to‘laqonli harbiy ixtilof, hattoki urushdir. Politiso jurnali kolumnistining fikricha, u keltirib chiqaradagina fojiani tomonlarning hech biri bartaraf eta olmaydi.

Maqola muallifi Asli Oydinboshtosh ixtilofni “g‘alaba qilib bo‘lmaydigan urush” deb ataydi. Uning so‘zlariga qaraganda, bu urushning jahon radarlaridan tashqarida davom etayotgani uning halokatlilik darajasini yanada oshiradi.

“NATOning ikkinchi eng yirik armiyasi Suriya bilan chegarada deyarli to‘liq bandligi, Kalashnikov avtomatlari bilan qurollangan 16 yashar bolakaylar bilan to‘ldirilganligi xalqaro OAVda deyarli yoritilmaydi”, - deb yozadi jurnalist.

Uning fikricha, o‘tgan yili migratsion inqiroz masalasida Anqara bilan kelishuvga erishgan Yevropa bu borada jimlik saqlashni ma'qul ko‘rmoqda, Vashington esa prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan munosabatlarni buzmaslikka intilmoqda.

Muallifning eslatib o‘tishicha, Turkiya hukumati Kurdiston ishchi partiyasiga qarshi o‘n yillardan buyon kurashib kelmoqda, ammo ikki tomon o‘rtasidagi sulh 2015 yilda buzildi.

“Tomonlarning har biri boshqasini sulhni buzishda ayblamoqda, lekin haqiqat shundan iboratki, ulardan hech biri biz guvoh bo‘layotgan ixtilofni bartaraf qila olmaydi”, - xulosa qildi tahlilchi.