Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 17:29 / 05.01.2016
5051
1 daqiqa o‘qiladi
Putin 2017 yilning Rossiya uchun Ekologiya yili bo‘lishini ma'lum qildi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2017 yili mamlakatda Ekologiya yili deb e'lon qilinishini aytdi. Farmon Kreml saytida e'lon qilindi.
Hujjatda aytilishicha, mazkur tadbirdan ko‘zlangan maqsad jamoatchilik diqqatini Rossiya Federatsiyasi ekologik rivojlanishi masalalariga qaratish, biologik xilma-xillikni saqlab qolish va ekologik xavfsizlikni ta'minlashdir.Putin mazkur yil dasturini amalga oshirish uchun tashkiliy qo‘mita yaratishga ko‘rsatma berdi.