Jamiyat | 09:50 / 05.01.2016
2969
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoy shimoli-sharqida avtobusning yonib ketishidan 14 kishi halok bo‘ldi

Xitoy shimoli-sharqidagi Ninsya-Xuey avtonom tumanida avtobusning yonib ketishi oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi, eng kamida 30 kishi jarohat oldi, deya xabar bermoqda “Sinxua”.

Mahalliy hukumat ma'lumotiga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 7.00 (Toshkent vaqti bilan 4.00) da Inchuan shahrida mebel savdo markazi yaqinida sodir bo‘lgan. Avtobus jamoat transportining bir qismi bo‘lgan. Jabrlanganlar tibbiy yordam ko‘rsatish uchun shifoxonaga yetkazilgan. Yong‘in sabablari hozircha aniqlanmagan.