Jamiyat | 14:38 / 06.01.2016
5900
1 daqiqa o‘qiladi

2015 yilda Buxoro viloyatidagi 26 nafar kollej direktorlari ishdan bo‘shatildi

2015 yilda Buxoro viloyatida 26 nafar kollej rahbarlari o‘z vazifasidan ozod etilgan. Bu haqda viloyat hokimi, Oliy Majlis Senati a'zosi Muhiddin Esanovning 2015 yilning 26 dekabr kunida Xalq deputatlari viloyat Kengashi sessiyasida qilgan nutqida aytilgan.

"Kasb-hunar kollejlarida o‘quv jarayonlarini tashkil etish, o‘quvchilarning qiziqishlarini inobatga olishga e'tiborsizlik bilan yondoshish holatlari mavjud. Ayrim hollarda qonun buzilishlariga ham yo‘l qo‘yilmoqda", degan u.

Bundan oldinroq, Buxoroda 2015 yilda 20 nafar tashkilot rahbari almashtirilgani haqida xabar berilgandi.