Texnologiya | 13:30 / 06.01.2016
5383
2 daqiqa o‘qiladi

Acer dunyoda birinchi 4K ekranli “1da 2” noutbukini taqdim etdi

Acer kompaniyasi dunyoda birinchi yuqori yechimli 4K (3840ga 2160 nuqta) ekranli “1da 2” noutbukini taqdim etdi. Aspire Switch 12S uskunasi Las-Vegasda o‘tayotgan CES-2016 ko‘rgazmasi chog‘ida namoyish etildi.

Apparat ekranining diagonali 12.5 dyuymni tashkil etadi. Ilgariroq Toshiba kompaniyasi taqdim etgan Sattelite Radius 12 4K-noutbukidan farqli ravishda, Acer modelida displeyni klaviaturadan ajratish va uni planshet o‘rnida ishlatish mumkin (bunday turdagi uskunalar 1da 2 deb ataladi).

Displey to‘rtinchi avlod qirilmaydigan Gorila Glass shishasi bilan qoplangan.

Aspire Switch 12S Intel Core M protsessori negiziga qurilgan bo‘lib, energiyani kam sarflaydi va samaradorligi yaxshi darajada. Noutbuk Windows 10 operatsion tizimida ishlaydi. Apparat massasi klaviatura bilan 1400 grammni, planshet holida 800 grammni tashkil etadi.
Noutbekning Full HD yechimli (1920ga 1080 nuqta) modifikatsiyasi ham mavjud.
Noutbukning Yevropadagi narxi taxminan 1200 yevroga teng bo‘ladi (Toshiba’ning 4K-modeli – 1600 yevro).