Jamiyat | 16:37 / 06.01.2016
6065
1 daqiqa o‘qiladi

Koreys protestant cherkovi tarafdorlarining noqonuniy yig‘ini fosh etildi

Toshkent viloyatining Yangiyo‘l tumanida Koreys protestant cherkovi tarafdorlarining noqonuniy yig‘ini fosh etildi. Bu haqda 12news.uz xabar bermoqda.

O‘zbekiston huquqni muhofaza qilish organlari Toshkent viloyatining uch nafar fuqarosining Koreys protestant cherkovi diniy adabiyotlarini noqonuniy ravishda saqlayotgani va tarqatayotganini aniqlashdi.

Respublika huquqni muhofaza qilish organlaridagi axborot manbasining xabariga ko‘ra, ular yashaydigan uylar tekshiruvdan o‘tkazilganda, diniy mazmundagi 7ta kitob, 1ta broshyura, 2ta qaydlar yozilgan daftar va 130 CD- va DVD-disk aniqlanib, protsessual tartibda olib qo‘yildi.

Qayd etish joizki, O‘zbekistonning amaldagi qonunchiligiga binoan, tegishli muassasalar (binolar, imoratlar, ibodat inshootlari) devorlaridan tashqarida har qanday diniy tashviqotni olib borish taqiqlanadi.