Jahon | 19:46 / 06.01.2016
9602
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Yana bir mamlakat Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi

Jibuti Eron bilan diplomatik aloqalarni uzdi. Bu haqda RIA Novosti agentligi mahalliy telekanallarga asoslangan holda xabar berdi.

"Jibuti Eron bilan diplomatik munosabatlarni to‘xtatdi", deyilgan telekanallardan birida davlat amaldoriga asoslangan holda.

Bundan oldinroq, Saudiya Arabistoni Erondagi o‘z elchixonasiga uyushtirilgan hujum BMT Xavfsizlik kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishini so‘ragandi.

Shu tariqa, Saudiya Arabistoni ortida Eron bilan aloqalarini uzgan mamlakatlar safi 3taga yetdi: Bahrayn, Sudan va Jibuti. BAA va Kuvayt esa Tehrondagi elchilarini chaqirib olgan. Malayziya Erondan o‘z hududidagi diplomatlar xavfsizligini ta'minlashni talab qilgan.