Jamiyat | 09:02 / 06.01.2016
4248
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda siyosiy partiyalarga foydalanilmagan davlat mablag‘larini davlat byudjyetiga qaytarmaslikka ijozat berildi

2015 yil 29 dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining bir qator qonunchilik aktlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunga muvofiq, 2004 yilning 30 aprelida qabul qilingan “Siyosiy partiyalarni moliyalashtirish to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritildi.

Hujjatga muvofiq, siyosiy partiyalar, ularning tashkilotlariga bittadan ortiq bank, shu jumladan, xorijiy banklarda hisob raqamiga ega bo‘lish taqiqlanadi.
Siyosiy partiyalar bitta bankda quyidagi talab qilinungunga qadar depozit hisob raqamlariga ega bo‘lishlari mumkin:

— hisob raqam raqam – O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetidan ajratilgan mablag‘larni o‘tkazish, ulardan foydalanish va nazorat qilish uchun;
— ikkita ikkilamchi hisob raqami: a) a'zolik badallari, ixtiyoriy to‘lovlar va qonunchilik taqiqlamagan boshqa manbalar; b) O‘zbekiston Respublikasi byudjyetdan tashqari Pensiya fondi mablag‘larini o‘tkazish, ulardan foydalanish uchun.

Review.uz ma'lumotlariga ko‘ra, mazkur qonunning 10-moddasi uchinchi qismi tubdan o‘zgardi. Mazkur moddaning eski tahririda moliya yili uchun ajratilgan, lekin shu yil mobaynida siyosiy partiya tomonidan foydalanilmagan davlat mablag‘lari moliya yili tugaganidan keyin bir oy ichida O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga qaytarilishi kerak, deyilgan.

Yangi tahrirda esa bu band moliya yili davomida siyosiy partiya tomonidan foydalanilmagan davlat mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyetiga qaytarmaydi va keyingi yillarda ularning ustav faoliyatini moliyalashtirish uchun foydalaniladi, deyiladi.