O‘zbekiston | 10:36 / 06.01.2016
3733
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga Isroil farmatsevtikasi vakillari tashrif buyurdi

“O‘zfarmsanoat” AK boshqaruvi raisi M. Do‘smuratov 2015 yilning 22 dekabr kuni Isroil delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi. Delegatsiya tarkibiga Yaad Consulting and Management Services Ltd. direktori I. Shrem, Tel-Avivdagi “Assuta” shifoxonasi asoschilari D.Oppenxaym va B. Goldvasser, Evia kompaniyasi direktori P. Tuval kirgan edi.

“O‘zfarmsanoat” matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, uchrashuv davomida isroillik mehmonlarga kompaniya haqida axborot taqdim etilgan, shuningdek, sohani rivojlantirish yo‘lida oxirgi yillarda olib borilgan ishlar esga olingan.

Shuningdek, farmatsevtika sohasining eng istiqbolli yo‘nalishlaridan biri bo‘lmish o‘simlik xom ashyosi asosidagi dori vositalari ishlab chiqarishni ko‘paytirish xususida ma'lumot berilgan.

Isroil vakillari O‘zbekistonda mazkur soha bilan shug‘ullanuvchi sub'yektlarga taqdim etiladigan imtiyoz va preferensiyalar hamda ayni paytda dolzarb bo‘lib turgan investitsion loyihalar bilan tanishtirilgan.Ta'kidlanishicha, uchrashuv yakunlariga ko‘ra Isroil delegatsiyasi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish niyatini bildirgan.