Jahon | 10:03 / 06.01.2016
5780
1 daqiqa o‘qiladi

Suriya muxolifati hukumat bilan muzokaralar arafasida bir qator talablarni ilgari surdi

Suriya muxolifati hukumat bilan muzokaralar arafasida bir qator talablarni ilgari surdi.

Muxolif yetakchilarning BMTning Suriya bo‘yicha maxsus elchisi Staffan de Misturaga yetkazishicha, rasmiy Damashq o‘zaro ishonchli mustahkamlash yo‘lida qadamlar tashlashi, shu jumladan, tutqunlarni qo‘yib yuborishi va tinch aholi yashaydigan tumanlarga bomba tashlashni to‘xtatishi lozim.

Reuters agentligining muxolifat ichidagi manbalariga tayanib ma'lum qilishicha, de Mistura bilan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan talablar 18 dekabr kuni BMT Xavfsizlik Kengashi qabul qilgan rezolyutsiyaga muvofiq keladi.