Jahon | 08:20 / 06.01.2016
4690
1 daqiqa o‘qiladi

Times: Britaniya bosh vaziri Saudiya Arabistoniga tashrifini bekor qildi

Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron Saudiya Arabistoniga rejalashtirilgan tashrifini eng kamida 2016 yilning martiga qadar bekor qildi. Bu haqda The Times nashri mahalliy amaldorlarga asoslanib xabar qildi.

Nashr ma'lumotiga ko‘ra, Kemeron Saudiya Arabistoni poytaxti Ar-Riyod shahriga yaqin haftalarda Fors ko‘rfazi mamlakatlari bo‘ylab safari doirasida tashrif buyurishni rejalashtirgan edi.

Axborot manbasining qayd etishicha, tashrifning bekor qilinishiga ayni paytda mintaqada kuzatilayotgan vaziyatning hech qanday aloqasi yo‘q.
Avvalroq esa IShID terroristlar tomonidan yaqindagina e'lon qilingan videoyozuvda Britaniya bosh vaziriga tahdid qilgan kimsaning shaxsi aniqlangan edi.