Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belgiya harbiy samolyotlari Boltiqbo‘yi davlatlari osmonida soqchilik qilishni boshlashdi
Belgiya Harbiy havo kuchlari qiruvchi samolyotlari Boltiqbo‘yi osmonida qo‘riqchilik qilish ishlariga jo‘natish marosimi o‘tkazildi. Marosim Estoniya poytaxti Tallin shahri yaqinidagi Emari aviabazasida o‘tkazilgan. Bu haqda Estoniya Mudofaa vaziri Xannes Xanso ma'lum qilgan.
Belgiya HHK uchuvchilari va F-16 rusumli 4ta samolyot 4 oy davom etadigan qo‘riqlash xizmatiga kirishgan. Ular 25 avgust kunidan beri Boltiqbo‘yi osmonida qo‘riqlash ishlarini amalga oshirib kelgan Germaniya HHKning 4ta Eurofighter Typhoon rusumli qiruvchi samolyotlari bilan o‘rin almashishgan.
"NATO bu mudofaa tashkiloti. Qaysiki, bizni har qanday sharoitda himoya qilishga tayyor turuvchi. NATO samolyotlarining osmonimizni qo‘riqlab turishi harakatlarini oldindan bilib bo‘lmaydigan qo‘shnilarimiz uchun eng yaxshi ogohlantiruvdir", degan estoniyaliklar vaziri Xannes Xanso.
Mamlakat Qurolli kuchlari generali Rixo Terras germaniyalik uchuvchilarga bu missiyadagi ishtiroki uchun esdalik medallari topshirgan.
NATO samolyotlari Boltiqbo‘yi mamlakatlari 2004 yilda tashkilotga a'zo bo‘lgach, ularning havo hududini qo‘riqlashni boshlagan.
2015 yilning may oyida NATO Boltiqbo‘yi himoyasi uchun qiruvchi samolyotlarni uch marta ko‘paytirdi. Mamlakatlarning har biri navbati bilan to‘rttadan qiruvchi samolyot ajratishi belgilandi. Bungacha alyans rotatsiya tamoyili asosida (NATO bo‘yicha ittifoqdosh davlatlar ushbu missiya uchun navbat bilan o‘z qiruvchi samolyotlarini taqdim etgan) to‘rttagina samolyot yuborgan edi.
Samolyotlar Litvadagi Shaulyaya shahridan 5 km masofadagi Zoknyay bazasida o‘rnashadi. 2014 yilda Estoniyada qo‘shimcha ravishda Emari aviabazasi tashkil etilgandi.
NATO Markaziy va Sharqiy Yevropadagi harbiy faoliyatini "Ukrainadagi tanglikning kuchayishidan keyin" kengaytirishga qaror qilgan. Ma'lum bo‘lishicha, Boltiqbo‘yi mamlakatlaridagi missiyaning kuchaytirilishi o‘n yil ichida birinchi marta sodir bo‘ldi.