Jahon | 07:08 / 07.01.2016
4096
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar Erondan elchisini chaqirtirib oldi

Qatar hukumati o‘zining Erondagi elchisini Saudiya Arabistonining Tehron va Mashhaddagi diplomatik missiyalariga hujum qilingani sababli chaqirtirib oldi, deb xabar bermoqda mahalliy OAVlarga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni, undan keyin Bahrayn Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzdi. Shuningdek, Jibuti va Sudan hukumati ham Eron bilan diplomatik munosabatlarni uzganini e'lon qildi. 

3 yanvarda Eronda namoyishchilar Saudiya Arabistonining Erondagi diplomatik vakolatxonalariga Saudiya Arabistonida shia imomi Nimr an-Nimrning terrorchilikda ayblanib qatl etilishi sababli norozilik bildirib, hujum qilishgandi.