Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 07:51 / 07.01.2016
3737
1 daqiqa o‘qiladi
Obama Iroq bosh vaziri bilan IShIDga qarshi kurashni muhokama qildi
AQSh prezidenti Barak Obama va Iroq bosh vaziri Haydar al-Obodiy telefon orqali suhbatda IShIDga qarshi kurashni muhokama qilishdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmatiga iqtibos keltirgan holda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.
Obama Iroq hukumati Naynavo viloyatidagi Mosul dambasining strukturaviy yaxlitligini yaxshilashi zarurligini ta'kidlab o‘tdi. Bu damba mamlakatda eng yirigi hisoblanadi.