Jamiyat | 13:33 / 07.01.2016
4232
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkent kafedral soborida 5 ming kishi Rojdestvo bayramini kutib oldi

O‘zbekistonning pravoslav e'tiqodidagi 5 mingdan ortiq fuqarosi 7 yanvarga o‘tish tunida Toshkentdagi Svyato-Uspenskiy kafedral soborida to‘planib, Rojdestvo bayramini kutib oldi. Bu haqda O‘rta Osiyo mitropolitlik okrugi matbuot kotibi iyerodiakon Mixali Stolyarov xabar qildi.
Liturgiya marosimini okrug rahbari, Toshkent va O‘zbekiston mitropoliti Vikentiy ado etdi.

“Biz tashvishli zamonda yashamoqdamiz, shu bois Xudoning inson zotiga yo‘llagan tinchlik, muhabbat va mehribonlik bayrami bo‘lmish Rojdestvo bizga xotirjamlik olib kelmog‘i darkor”, - uning so‘zlarini keltiradi Sputnik agentligi.

7-15 yanvar kunlari soborda bolalar uchun Rojdestvo archa bayramlari o‘tkaziladi, 14-15 yanvarda esa Rojdestvo tadbiri o‘tkazilib, unga bolalar uyi tarbiyalanuvchilari va kam ta'minlangan oilalar farzandlari taklif qilinadi.