Jahon | 23:33 / 07.01.2016
4627
1 daqiqa o‘qiladi

Yaman BMTning rasmiy vakilini persona non-grata deb e'lon qildi

Yaman hukumati BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakilini mamlakatda persona non-grata deb e'lon qildi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi.

Ta'kidlanishicha, bunga rasmiy vakilning Yaman haqidagi “adolatsiz gaplari” sabab bo‘lgan.

Dekabr oxirida BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Zayd Ra'd al-Husayn BMT xavfsizlik kengashi yig‘ilishida Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Yamandagi turar-joy hududlari va fuqarolik obektlariga berilgan aksariyat zarbalar uchun javobgar ekanini aytgandi.