Jahon | 11:42 / 08.01.2016
3529
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda Iroqning ikki fuqarosi terrorchilikda gumonlanib qo‘lga olindi

AQShning Sakramento va Hyuston shaharlarida xalqaro terrorchi tashkilotlarga aloqadorlikda ayblanib, Iroq fuqaroligiga ega bo‘lgan ikki falastinlik hibsga olingan. Bu haqda Reyter agentligi xabar bergan.

Sud hujjatlariga ko‘ra, ulardan biri 2009 yilda, ikkinchisi 2012 yilda Suriyadan qochqin maqomida AQSh hududiga kirishgan. Aniqlanishicha, ular bir-birlarini yaxshi tanishgan.

Sakramentoda qo‘lga olingan 23 yoshli Avs Muhammad Yunus al-Jayab Suriyadagi harbiy harakatlarda ishtirok etganlik va hukumatga yolg‘on ma'lumotlar tarqatganlikda gumon qilinmoqda.

Hyustonda qo‘lga tushgan Umar Faraj Said al-Hardon esa IShIDdan moddiy ko‘mak olib turgan va u ham al-Jayab kabi AQSh hukumatini aldagan.

Al-Hardonga IShID yollovchisi sifatida 20 yillik qamoq jazosi tahdid solmoqda.