Jahon | 22:24 / 08.01.2016
5195
1 daqiqa o‘qiladi

Erdo‘g‘an Iroqda IShIDning 18 jangarisi yo‘q qilinganini ma'lum qildi

Turkiya harbiylari Iroq shimolidagi harbiy bazaga IShID jangarilarining hujumini qaytardi va 18 nafar jangarini yo‘q qildi, deb ma'lum qildi Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

Erdo‘g‘anning ta'kidlashicha, operatsiyaning o‘tkazilishi davomida turk harbiylaridan hech kim jabr ko‘rmagan.

Avvalroq Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovudo‘g‘lu Turkiya Iroqda harbiylarini qoldirishni istayotganini ma'lum qilgandi.