Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya harbiy aviatsiyasi Suriya va Iroqda ilk parvozlarni amalga oshirdi
Germaniya harbiy-havo kuchlari samolyotlari Suriya va Iroqda ilk razvedka parvozlarni amalga oshirdi. Germaniyaning AQSh boshchiligidagi koalitsiyaning harbiy harakatlariga qo‘shilish qarori 2015 yil dekabrda qabul qilingandi. Bu haqda Der Spiegel nashri ma'lum qildi.
Germaniya mudofaa vazirligi matbuot xizmati ma'lumotlariga ko‘ra, yuqori sifatli fotoqurilmalar bilan jihozlangan ikkita Tornado qiruvchi-bombardimonchi samolyoti Turkiyadagi Injirlik bazasidan razvedka parvozini amalga orshirdi.
Germaniya parlamenti bundesver qismlarining Suriyada IShIDga qarshi kurash uchun joylashtirilishiga 4 dekabrda ruxsat bergan. Suriyada 1200 nafargacha askar joylashtirish rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, zirhli palubali “Augsburg” kreyseri Fransiyaning “Sharl de Goll” aviatashuvchi kemasiga harbiy operatsiyalarni bajarish davomida ko‘mak beradi.