Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Obama yana bir bora qurol-yarog‘ islohoti masalasini ko‘tardi
AQSh prezidenti Barak Obama qurol-yarog‘ savdosini nazorat qilish va tartibini qat'iylashtirish bo‘yicha kampaniyani davom ettirmoqda. Uning bu mavzuga bag‘ishlangan maqolasi The New York Times gazetasida chop etildi.
“Ham prezident, ham fuqaro sifatida qo‘limdan kelgan ishni qilishda davom etaman. Men qurol-yarog‘ islohotiga qarshi chiqqan har qanday nomzodga qarshi ovoz beraman, u mening partiyam vakili bo‘lsa ham”, - deb yozadi u 2016 yilgi saylovlar haqida.
Shu haftada Obama barcha qurol xaridorlarini, ular qurolni ko‘rgazmalarda va internet orqali sotib olsa ham, tekshirish haqida ko‘rsatma berdi. Shuningdek, prezident faqat o‘z xo‘jayinining qo‘lida turgandagina otadigan “aqlli” qurol ishlab chiqarishni taklif qildi.