O‘zbekiston | 15:55 / 08.01.2016
5297
1 daqiqa o‘qiladi

OTB va O‘zbekiston MB muzokaralar olib bordi

O‘zbekiston Markaziy bankida Osiyo taraqqiyot banki missiyasi muzokaralar o‘tkazdi.
UzDaily.uz saytining MB matbuot xizmatiga asoslanib xabar berishicha, tomonlar OTBning yangi “Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish ikkinchi loyihasi” loyihasi bo‘yicha konsepsiya va texnik ko‘mak masalalarini muhokama qilishdi.

OTB tomonidan taqdim etilayotgan loyiha mamlakat hududlarida kichik biznesni rivojlantirishga yo‘naltirilgan. Loyiha doirasida, shuningdek, ayollar tadbirkorligini moliyalashtirishga ham katta e'tibor qaratiladi.