Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya Mudofaa vaziri KXDRdagi vodorod bombasi sinovi to‘g‘risida mulohazalarini o‘rtoqlashdi
Yaponiya Mudofaa vaziri Gen Nakatanining fikricha, yer osti silkinishlari magnitudasini hisobga olganda, Shimoliy Koreyaning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani ehtimoli juda past.
“Zilzila kuchini hisobga olsak, ular (KXDR)ning vodorod bombasini sinovdan o‘tkazgani ehtimoli juda past”, - deya Kiodo agentligi yapon vaziri so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
Shu bilan birga, Yaponiya mudofaa mahkamasi rahbari shimoliy koreyalik mutaxassislarning portlash kuchini kamaytira olgan bo‘lishi mumkinligini ham istisno etmadi. U vaziyatning kelgusidagi tahlillarni zarurligini ta'kidlab o‘tdi.
“Qoidaga binoan, vodorod bombasining portlash kuchi yadro zaryadi kuchidan ortiqroq bo‘lishi kerak. (Biroq) bu safar qayd etilgan 5,0 ballik zilzila magnitudasi so‘nggi uchta yadroviy sinovlar kuchidek bo‘lmadi”, - dedi Nakatani.
Gen Nakatani KXDRning yadro sinovini o‘tkazgani va xalqaro hamjamiyat tanqidlaridan keyingi xorij mamlakatlari o‘tkazayotgan bosimga javob tariqasida o‘zining tashviqot harakatlari, jumladan, raketalarni uchirish ishlarini davom ettirishi ehtimoli borligini ham istisno qilmadi.