Texnologiya | 09:36 / 09.01.2016
3928
1 daqiqa o‘qiladi

Apple korporatsiyasi apple.car va apple.auto domenlarini sotib oldi

Apple korporatsiyasi avtomobillar bilan bog‘liq bir nechta domen nomlarini sotib oldi, deb xabar bermoqda MacRumors.

DomainTools saytida Apple haqiqatan ham boshqa minglab domenlar bilan birga, apple.car, apple.cars va apple.auto domenlari egasi bo‘lganini ko‘rish mumkin.

Ushbu xaridlar iPhone’ni multimedia tizimlariga ulashga imkon beradigan CarPlay tizimining tatbiq etilishi, yana bir taxminga ko‘ra, Apple’ning o‘z avtomobilini yaratishga tayyorgarlik ko‘rayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.