Jamiyat | 16:01 / 09.01.2016
5256
1 daqiqa o‘qiladi

Buxoroda qalbaki viski sotuvchisi qo‘lga olindi

Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan reydlardan birida qalbaki viski spirtli ichimligini sotib kelgan Rustambek Mahmudov qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, tekshiruv davomida uning mashinasidan 17 mln so‘mlik qalbaki mahsulot topilgan. Ularning bari tekshiruv uchun laboratoriyaga yuborilgan. Tekshiruv natijalariga ko‘ra mahsulot iste'molga yaroqsiz deb topilgan.

Mahmudov tegishli ravishda javobgarlikka tortildi.