Jahon | 23:54 / 09.01.2016
7071
1 daqiqa o‘qiladi

Fors ko‘rfazi mamlakatlari Eronga qarshi yangi choralar qo‘llamoqchi

Fors ko‘rfazining arab davlatlari hamkorligi Kengashi a'zolari (SSAGPZ) bo‘lgan davlatlar Eron tomonidan ziddiyatli harakatlar yuz bergan taqdirda, unga nisbatan qo‘shimcha choralar ko‘rish istagini bildirganlar.

Shuningdek Fors ko‘rfazi mamlakatlari ar-Riyodni Eronga qarshilik qilish borasidagi harakatlarini ham qo‘llab-quvvatlashgan.

“Kengash a'zosi bo‘lgan davlatlar mazkur dushmanlik harakatlariga qarshi qo‘shimcha choralarni qo‘llaydilar”, - deyilgan tashkilotning bosh kotibi Abdel Latif az-Zayni tomonidan o‘qib eshittirilgan tashkilot bayonnomasi matnida.

Bundan avvalroq Saudiya Arabistoni TIV rahbari Adel al-Jubayr Eron boshqa davlatlarning ishiga aralashishda davom etsa, ar-Riyod Tehronga nisbatan yangi choralar qo‘llashini ma'lum qilgan edi.