Jahon | 22:52 / 09.01.2016
5683
1 daqiqa o‘qiladi

Kosovodagi norozilik harakatlari qatnashchilari parlament binosini yoqib yubordilar

Norozilik harakatlari qatnashchilari bo‘lgan oppozitsiya vakillari Kosovo parlamentiga qarata yonuvchi aralashmalar solingan butilkalarni otishgan. Binoda yong‘in boshlandi.

Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, politsiya norozilik qatnashchilariga nisbatan ko‘zni yoshlantiruvchi gaz qo‘llab, nomoyishchilarni haydamoqda.

Avvalroq Kosovo konstitutsion sudi mamlakatda istiqomat qiluvchi etnik serblar mamlakatda ko‘proq huquqqa ega bo‘lishlarini ma'lum qilgan edi. Qayd etilishicha, Kosovo oppozitsiyasi Chernogoriya va Serbiya o‘rtasidagi kelishuvga qarshi chiqmoqda.