Jahon | 00:07 / 09.01.2016
4192
1 daqiqa o‘qiladi

Kyoln politsiyasi boshlig‘i shahardagi betartibliklardan keyin pensiyaga ketishini so‘radi

Kyoln politsiyasi boshlig‘i Volfgang Albers 31 dekabrda shaharda ayollarga ko‘p sonlik tajovuz qilish holatlaridan keyin o‘z lavozimidan muddatidan avval ozod etilishini so‘radi, deb xabar berdi shahar ma'muriyatidagi manba. Bu haqda Reuters axborot agentligi ma'lum qildi.

60 yoshli Albers pensiyaga chiqish haqida ariza berdi.

Bu orada mahalliy politsiya Kyoln markazida yangi yil kechasida yuz bergan bezoriliklarni tergov qilmoqda.

32 nafar zo‘ravonning shaxsi aniqlangan, ulardan 29 nafari Germaniyada yashash huquqiga ega bo‘lgan muhojirlar bo‘lib chiqdi.