O‘zbekiston | 16:15 / 09.01.2016
4446
1 daqiqa o‘qiladi

Olmaliq TMK 2015 yil rejasidagi barcha vazifalarni ortig‘i bilan bajardi

“Olmaliq TMK” AJ o‘tgan yilda tovar mahsulotlarini amaldagi narxlarda 2 533.1 mlrd so‘m, taqqosiy narxlarda 2 455.3 mlrd so‘m hajmida ishlab chiqardi. Bu boradagi rejaviy ko‘rsatkichlar 103 va 102.6 foizga bajarildi.

Kombinat matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, tovar mahsulotlari ishlab chiqarish sur'atlarining o‘sishi 2014 yilga nisbatan 107.5 foizni tashkil qilgan.

2015 yilda mis rudasi ko‘rsatilgan hajmga nisbatan 101.1 foiz qazib olingan, mis mahsulotlari ishlab chiqarish rejaviy vazifalardan 6.2 foizga, metallik rux ishlab chiqarish 10.7 foizga, oltingugurt kislotasi chiqarish 6.3 foizga, affinatsiyalangan oltin va kumush ishlab chiqarish 0.3 foizga ko‘proqni tashkil qilgan.

Eksport prognozi 101.4 foizga, shu jumladan, mis mahsulotlari eksporti ko‘rsatkichlari 101.6 foizga bajarilgan.Ichki bozorni to‘ldirish uchun kombinat xalq iste'mol tovarlarini vazifada ko‘rsatilgan prognozlarga nisbatan 101.6 foiz ishlab chiqargan.