Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:05 / 09.01.2016
8172
1 daqiqa o‘qiladi
Qozog‘iston aholisi soni 17.65 mln kishidan oshdi
2015 yil boshidan buyon Qozog‘iston aholisi 1.3 foizga yoki 246.5 ming kishiga ortib, 1 dekabr kuni 17 mln 651.4 ming kishiga yetdi. Bu haqda respublika milliy iqtisodiyot vazirligi qoshidagi statistika qo‘mitasi xabar berdi.
Chop etilgan statistik ma'lumotlarda ko‘rsatilishicha, shahar aholisi soni hisobot davrida 1.9 foizga o‘sib, 10.053 mln kishini tashkil qilgan bo‘lsa, qishloq aholisi 0.7 foizga ortgan va 7.599 mln kishiga yetgan.