Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sony’ning CES 2016da taqdim etgan yangiliklari
Sony kompaniyasi Las-Vegasda o‘tayotgan CES 2016 ko‘rgazmasida bir qator yangi uskunalarni namoyish qildi. Quyida ularga qisqacha to‘xtalamiz.

Walkman A17 va Walkman A26 nomli ikki yangi pleyer, ZX2 modelidan farqli ravishda, Android’da emas, bu uskunalar uchun maxsus ishlab chiqilgan oddiyroq operatsion tizimda ishlaydi. Pleyerlar ko‘plab musiqiy formatlarni o‘qiy oladi, musiqani esa ham simli, ham simsiz akustikaga chiqarsa bo‘ladi.
A17 sensorli ekran va 64 GB xotiraga ega, A26da esa jismoniy tugmalar, 32 GB xotira hamda microSD kartasi uchun slot bor. Pleyerlarning akkumulyatori mp3 eshitganda 50 soatga, agarda sifatli fayllar qo‘yilsa, 30 soatga yetadi.

NC simsiz quloqliklar bo‘lib, tashqi shovqinlarni o‘chiruvchi aqlli tizimga ega. Sony vakillarining so‘zlariga qaraganda, bu quloqliklar mp3-fayllarining audiosifatini maxsus DSEE texnologiyasi yordamida yaxshilaydi.

h.ear esa mumtoz dizayndagi simsiz quloqlikdir. U ham o‘sha tizimlar bilan ta'minlangan, akkumulyatori esa, fayllar o‘rtacha ovoz diapazonida tinglanganida, 20 soatga yetadi.

Shuningdek, joriy yilda Sony Android negizida ishlaydigan Bravia seriyasidagi bir qancha televizorlarni ishlab chiqaradi.

Ularga ega bo‘lgan mijozlar Sony Pictures filmlarini 4K yechimida ko‘rish imkonini beruvchi Ultra xizmatiga ulanadilar. Televizorlarda LED-qoliplar ishlatiladi.