Jamiyat | 13:05 / 09.01.2016
3860
1 daqiqa o‘qiladi

Tataristondagi yong‘inda 5 bola va ularning onasi halok bo‘ldi

Tataristonning Stariy Kuvak qishlog‘ida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida 5 bola va ularning onasi qurbon bo‘ldi. 1968 yili tug‘ilgan oila boshlig‘i tanasining 70-75 foizi kuyib ketdi, u shifoxonaga yotqizildi. TASS agentligining ma'lum qilishicha, bolalardan biri o‘sha kecha qarindoshinikida tunagani bois omon qolgan.

Favqulodda xizmatlar vakili Andrey Rodiginning so‘zlariga qaraganda, yong‘in haqida axborot yarim tunda kelib tushgan. O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga 11 daqiqada yetib borgan, ammo u paytga kelib yog‘och bino deyarli yonib bo‘lgan.