Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xatirchida aholining plastiklaridagi pullarni foizga naqdlashtirib bergan xususiy korxona xodimlari qo‘lga olindi
Navoiy viloyatining Xatirchi tumanida aholining plastiklaridagi pullarni foizga naqdlashtirib bergan xususiy korxona xodimlari qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, SVOJJDLQK departamentining tuman bo‘limi o‘tkazgan tekshiruvi chog‘ida Oriental Mobile Cell System xususiy korxonasi mansabdor shaxslari o‘tgan yilning dekabridan shu yilning yanvariga qadar aholining bank plastik kartalaridagi pul mablag‘larini 10-13 foiz haq evaziga naqdlashtirib kelayotgani aniqlandi.
Ulardan hisob raqamlarida 63 mln so‘mdan ortiq pul bor fuqarolarga tegishli 245 bank kartalari, savdo terminali va naqd pullar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yildi.Korxona mansabdor shaxslarining ishi sud tomonidan tegishli tartibda ko‘rib chiqilib, ular jazo tayinlandi.