Jahon | 13:15 / 09.01.2016
7582
1 daqiqa o‘qiladi

Yaqindagina qo‘lga olingan meksikalik narkobaron yana qochishga urinib ko‘rdi

Yaqindagina Meksika maxsus xizmatlari tomonidan qo‘lga olingan narkobaron, El Chapo (Pakana) laqabli Xoakin Gusman yana qochishga urinib ko‘rdi, deb xabar beradi Reuters agentligi.

Meksika hukumati bergan ma'lumotga qaraganda, Gusman kanalizatsiya orqali qochishga urinib ko‘rgan, ammo uning harakati muvaffaqiyatsizlikka uchragan.
El Chapo 2015 yilning iyulidan qamoqdan qochib ketgan edi. U ayni o‘sha qamoqning o‘ziga qaytariladi.