Jahon | 12:26 / 10.01.2016
4813
1 daqiqa o‘qiladi

AQSh prezidentligiga Maykl Blumberg nomzodi ko‘rsatilishi mumkin

Nyu-Yorkning sobiq hokimi, mediamagnat Maykl Blumberg nomzodi AQSh prezidentligiga ko‘rsatilishi mumkin, deb xabar beradi CNN telekanali.
Xabar qilinishicha, Blumberg demokratlardan Hillari Klinton, respublikachilardan Donald Tramp nomzodi ko‘rsatilgani taqdirda uning elektoral istiqbollari qanday bo‘lishi yuzasidan so‘rovnomaga buyurtma bergan.
Taxmin qilinishicha, Blumberg Trampning muvaffaqiyatlaridan ilhomlangan bo‘lishi mumkin.