Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Silvio Berluskoni siyosatga qaytishga qaror qildi
Italiyaning sobiq bosh vaziri Silvio Berluskoni Forza Italia partiyasini qayta tiklashga va'da berdi, deya yozmoqda The Guardian Italiya OAV manba sifatida ko‘rsatgan holda. “Bu demokratiyaning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymayotgan rejimga qarshi kurash bo‘ladi”, - deya Berluskoni ma'lum qilgan.
U Forza Italia parlamentda 20 foizdan ortiqqa ega bo‘lishini rejalashtirayotganini aytgan.
2013 yilning oktabr oyida Milandagi sud sobiq bosh vazir Silvio Berluskoniga ikki yil davomida davlat lavozimlarini egallashni taqiqlab qo‘ygan. Bir oydan so‘ng Berluskoni senator mavqeidan ozod etilgach, sud qarori kuchga kirgan.