Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jahon | 18:42 / 11.01.2016
4414
1 daqiqa o‘qiladi
Afg‘onistondagi maktab o‘qqa tutilishi oqibatida 3 nafar bola halok bo‘ldi
Afg‘oniston sharqidagi Xost viloyati maktablaridan biriga noma'lum shaxslar tomonidan hujum qilinishi oqibatida 3 nafar bola halok bo‘lgan, yana 8 nafari jarohatlangan. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Afg‘oniston ta'lim vazirligida ma'lum qilinishicha, bu voqea yuzasidan hozircha hech qaysi guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan.
Kuzatuvchilarning bu voqeaning Pokistonda afg‘on hukumati vakillari va “Tolibon” harakati vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan muzokaralar vaqtiga to‘g‘ri kelganiga e'tibor qaratishgan.